Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati T.Niyozov “Obodturmush” mahalla yoshlar yetakchisi Sh. Turanboyev faoliyati bilan tanishib, suhbat o‘tkazdi. Mahallada ja’mi yoshlar soni 507 nafarni tashkil etadi. 2025-yilda bitiruvchi yoshlar bandligi dasturida 11 nafar yosh kiritilgan bo‘lib, shundan 5 nafari oliy talim muassasariga, 6 nafari doimiy ishga joylashtirilgan. Og‘ir toifadagi yoshlar soni 6 nafarni tashkil etib, ular korxona, tashkilot rahbarlariga biriktirilgan. Har hafta payshanba kunlari 9-sonli maktabda o‘quvchilarning davomadi o‘rganilib boriladi. Shahar IIB xodimlari bilan hamkorikda "Tungi reyd" profilaktik tadbirlari muntazam olib borilmoqda. “Yoshlar va qonun” harbiy vatanparvarlik tadbirida mahalladagi "Tamaddum" jamoasi viloyat bosqichida faxrli 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shahar kengashi deputati T.Niyozov yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirishda yoshlar yetakchisini o‘rni alohida ekanligini ta’kidladi.