Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oqdaryo tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.
янв.21
21-saylov okrugi deputati R. Xusanov aholi bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda "MADAD" nodavlat notijorat tashkilotining Oqdaryo tumani vakili F.Sahadinov o'rtasida o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yildi.
янв.21
24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.
янв.21
Bugun 27-umumt’alim maktabining  o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari N. Sulaymonov hamda A. Nozimovlar ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglanmoqda.
янв.21
22-Daxbed saylov okrugi deputati D. Xamrayeva hududda joylashgan Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlarini olib bordi.Hududdagi oilaviy poliklinika faoliyati: aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida.
янв.21
Boshdarxon mahallasida ta'lim muassasalari o'rganildi
янв.21
DMED tizimi o'rganildi
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Osimxon Axmatshayev “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 4 apreldagi “Mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni xal etishda Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yilgan boʼlib, Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlari mahallalarda o’rganishlar olib bormoqda.

Yig‘ilish davomida Shahar  Kengashi deputati O.Axmatshayev “O‘zbekiston 2030” strategiyasi va 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va ‘yashil’ iqtisodiyot yili” doirasida amalga oshirilgan davlat dasturi haqida fikrlar bildirildi. Davlat dasturining mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, mahalla yettiligining ushbu dastur ijrosidagi faol ishtiroki muhokama qilindi. Yig‘ilish ishtirokchilari davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

O‘zLiDeP Marg’ilon shahar Kengashi deputati O.Axmatshayev Yorqin mahalla fuqarolar yig‘inida mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari, “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida ko‘rsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligi, “Mahalla yettiligi” tomonidan aniqlangan va shahar darajasida hal etiladigan muammolar bo‘yicha takliflar tayyorlash masalasida kelishib oldilar.

Slide 1 of 4