Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oqdaryo tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.
янв.21
21-saylov okrugi deputati R. Xusanov aholi bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda "MADAD" nodavlat notijorat tashkilotining Oqdaryo tumani vakili F.Sahadinov o'rtasida o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yildi.
янв.21
24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.
янв.21
Bugun 27-umumt’alim maktabining  o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari N. Sulaymonov hamda A. Nozimovlar ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglanmoqda.
янв.21
22-Daxbed saylov okrugi deputati D. Xamrayeva hududda joylashgan Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlarini olib bordi.Hududdagi oilaviy poliklinika faoliyati: aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida.
янв.21
Boshdarxon mahallasida ta'lim muassasalari o'rganildi
янв.21
DMED tizimi o'rganildi
Davra suhbati

Xonqa tumanida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida “Xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish oyligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida tuman partiya Kengashi raisi F.Vaisov, tuman partiya Kengashi ijrochi kotibi B.Maxmudov, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Z.Nurmetova hamda ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari xotin-qizlarning huquqiy ongini oshirish, oilada sog‘lom muhitni ta’minlash, zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish va ularning oldini olishda jamoatchilikning faol ishtiroki muhim ekanligini ta’kidladilar.

Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi deputati F.Vaisov

Slide 1 of 3