Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oqdaryo tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.
янв.21
21-saylov okrugi deputati R. Xusanov aholi bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda "MADAD" nodavlat notijorat tashkilotining Oqdaryo tumani vakili F.Sahadinov o'rtasida o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yildi.
янв.21
24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.
янв.21
Bugun 27-umumt’alim maktabining  o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari N. Sulaymonov hamda A. Nozimovlar ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglanmoqda.
янв.21
22-Daxbed saylov okrugi deputati D. Xamrayeva hududda joylashgan Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlarini olib bordi.Hududdagi oilaviy poliklinika faoliyati: aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida.
янв.21
Boshdarxon mahallasida ta'lim muassasalari o'rganildi
янв.21
DMED tizimi o'rganildi
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha fidoyilari e’tirof etildi

 Dastlab, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bayram tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi. Shuningdek, u ichki ishlar organlari xodimlarining tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatini yuksak qadrlashini ta’kidladi.  

Tadbir davomida tuman IIB boshlig‘i Eldor Raxmatov ham soha xodimlarini samimiy tabriklab, ularning mehnatini e’tirof etdi. U o‘z nutqida jamoaning har bir a’zosi yurt tinchligi yo‘lida mas’uliyat va fidoyilik bilan xizmat qilayotganini qayd etdi. Tadbir so‘ngida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, soliq inspeksiyasi va IIB rahbariyati tomonidan bir guruh xodimlarga tashakkurnomalar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bundan tashqari, o‘z xizmat faoliyatida alohida faollik ko‘rsatgan uch nafar xodimga yangi unvonlar tantanali ravishda topshirildi.Tadbir ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlariga mustahkam sog‘lik, xizmatlarida omad va yurt tinchligi yo‘lidagi faoliyatlarida yangi zafarlar tiladilar. 

Slide 1 of 5