Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
2025-yil 24-oktabr kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiya oldi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

USHBU DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHIDA QUYIDAGI MASALALAR KO'RIB CHIQILDI:

1️⃣ Samarqand shahar prokurori B. Normatovning — shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025-yilning 3-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti.

2️⃣ Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Sulaymonovning — 2025-yil 3-chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.

3️⃣ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i B. Mingboyevning — 2025-yil 1-yarim yillik yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti.

4️⃣ Samarqand shahrida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish masalasi.

5️⃣ Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masala.

6️⃣ “Yoshlar daftari” orqali yoshlar muammolarini tizimli hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to'g'risidagi masala.

📌 Doimiy komissiyada hisobotlar tinglanib, Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasiga kiritilishi kelishib olindi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi, mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1