Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
QIZILTEPA TUMAN GʻOYIBON MAHALLA FUQAROLARI YIGʻINI RAISINING YILLIK DASTURI BO‘YICHA AHOLIGA M U R O J A A T I

QIZILTEPA TUMAN GʻOYIBON MAHALLA FUQAROLARI YIGʻINI RAISINING YILLIK DASTURI BO‘YICHA AHOLIGA MUROJAATI

"Gʻoyibon" mahallasida 14-Oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti 

Sh. Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan vidioselektrda ko‘rilgan masalalar yuzasidan "Gʻoyibon" mahalla fuqarolari yig‘ini raisining yillik dasturi bo‘yicha, aholiga murojaati o‘qib eshittirildi. Murojaat aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

 Yig‘ilishda mahalla yettiligi, mahalla ko‘cha vakillari, faol nuroniylar, oqila ayollar, buvijon, otinoyi, kayvonilar, mahalla hududidagi tashkilot xodimlari, yoshlar ishtirok etdilar. Murojaat o‘qib eshittirilgandan so‘ng, barcha ko‘cha vakillari, faollar o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar. 

Aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar mahallaning yillik dasturiga kiritiladi. Yig‘ilish muzokaraga boy bo‘ldi va xuddi shunday yig‘ilishlar har bir ko‘chada alohida o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati M. Karimova.

Slide 1 of 7