Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
Bugun — 21-oktabr, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

Xususan, tumandagi 165-sonli umum ta'lim maktabida "O‘zbek tili davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Baxramova, o‘quvchilar, o‘qituvchilar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan o‘zbek tilining go‘zalligi, qadriyati va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida she’rlar, sahna ko‘rinishlari va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida o‘zbek tili taraqqiyoti va uni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda shuningdek, deputat tomonidan o‘quvchilarni va o‘qituvchilar jamoasini bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida davlat tilini asrab-avaylash, yosh avlodda ona tiliga hurmat ruhini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi va barchaga iliq taassurotlar qoldirdi.

Slide 1 of 3