Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
KENGASH FAOLIYATI :

KENGASH FAOLIYATI : 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yil 22-oktabr kunida navbatdagi o'n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 14 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” 

yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi tumanda ijrosi va urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha 2025-yil 9 oyi mobaynida tumanda olib borilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi E.R.Avazovning hisoboti.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 17-martdagi SQ-89-Vsonli qarori hamda xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 2025-yilgi ish rejasiga 

asosan joriy yil III choragi mobaynida tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligi shuningdek jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida .

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yil sentabr-oktabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti to‘g‘risida.

4. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 2025-yilgi ish rejasiga asosan joriy yil 9 oyi mobaynida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-2026-o‘quv yilida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati to‘g‘risida. 

5. O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, tuman 

hokimning yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash bo‘yicha yoshlar bilan uchrashuvi yakunlari natijadorligini muhokama qilish to‘g‘risida.

6. Jarqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yilning III choragi mobaynida tuman aholisining (kam ta’minlanganlar, yolg‘iz qariyalar, uy-joyi yo‘qlar) ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha X.Tashmanovning hisoboti to‘g‘risida.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-sonli qarorining joriy yil III choragida tumanda ijrosi haqida.

8. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining “Korrupsiyaga-qarshi kurashish komissiyasi” ning 2025-yilning II yarim yiliga mo‘ljallangan ish rejasi bo‘yicha tumani tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashi huzuridagi komissiya a’zosi E.Qulliyevning hisoboti to‘g‘risida.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasining 2025-yil tushumlaridan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashda Jarqo‘rg‘on tumanida davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish va soddalashtirish hamda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish ishlari samaradorligi yuzasidan joriy yil 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabridagi PQ-405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining Jarqo‘rg‘on tumanida ijrosi yuzasidan joriy yil 9 oyi mobaynida olib borilgan ishlar to‘g‘risida.

12. Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yil III chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash 

to‘g‘risida.

13. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 2024-yil 1-avgustdagi “Jarqo‘rg‘on tumani saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida”gi 

VI-73-121-8-112-K/24-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida.

14. Jarqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yil III chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-1 sonli qarori ijrosi boyicha 2025-yilning 9 oyi davomida amalg aoshirilgan ishlar haqida tuman prokurori K.To'raqulovning axboroti to'g'risida.

Slide 1 of 10