Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
CHINOZ TUMANI. YANGI BOSQICHDAGI HAMKORLIK HAQIDA

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) davlat rahbarlari kengashining 12-sammiti bo‘lib o‘tdi. Ozorbayjonning G‘abala shaxrida
bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli tadbirda davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Bu tadbir turkiy dunyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratildi. Sammit doirasida davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va kelgusi istiqbollari bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qildilar. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va gumanitar aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishdir. Bunda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi: 

Iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish borasida davlat rahbarlari transport va logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, savdo aylanmasini oshirish va Turkiy investitsiya fondi faoliyatini kengaytirish masalalariga alohida to‘xtaldilar. Bu tashabbuslar mintaqadagi barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Strategik integratsiyani kuchaytirish uchun turkiy davlatlarning tashqi siyosiy pozitsiyalarini muvofiqlashtirish, xavfsizlik
sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va umumiy manfaatlarga asoslangan siyosat yuritish muhim deb topildi. 

Madaniy va ma’naviy yaqinlikni rivojlantirish yo‘lida turkiy xalqlarning umumiy tarixiy va madaniy ildizlariga asoslanib, ta’lim,
fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish haqida kelishuvlarga erishildi.
Bu yo‘nalishda Turkiy akademiya va Turkiy madaniyat va meros tashkilotlarining roli oshirilishi belgilandi. 

Barqaror rivojlanish va “yashil iqtisodiyot” masalasida ekologiya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish, “yashil iqtisodiyot”ni joriy etish borasida ham qator kelishuvlar imzolandi. 

Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya yo‘nalishida davlatlar raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va innovatsion yechimlar sohasida tajriba almashishga kelishib oldilar. Bu turkiy davlatlar tashkilotini zamonaviy raqamli maydonda raqobatbardosh tashkilotga aylantirishga yordam beradi. 

Sammit natijalari va ahamiyati haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, Sammit yakunlariga ko‘ra, turkiy davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Shuningdek, tashkilotning navbatdagi yil uchun ustuvor vazifalari belgilab olindi. Ushbu qarorlar Turkiy davlatlar tashkilotini nafaqat mintaqaviy, balki global darajada nufuzli hamkorlik maydoni sifatida mustahkamlaydi. 

G‘abala sammiti Yevroosiyo makonida yangi kuch markazini izchil barpo etish bosqichiga o‘tganini namoyon qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari ushbu transformatsiyaning miqyosi va mazmunini
belgilab, Turk dunyosi uchun kelgusi o‘n yilliklarga mo‘ljallangan strategik ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab berdi. 

Yaqingacha Turkiy davlatlar tashkiloti faqat madaniy hamkorlik maydoni sifatida qabul qilingan bo‘lsa. endilikda u haqiqiy
siyosiy va institutsional qiyofa kasb etmoqda. 

Prezident Mirziyoevning Samarqandda tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlar rahbarlarining ilk qo‘shma yig‘ilishini
o‘tkazish haqidagi taklifi yangi darajadagi muvofiqlashuvga – mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning milliy mexanizmlarini yaratish bosqichiga o‘tishni anglatadi. 

Bu esa «turkiy barqarorlik arxitekturasi»ning shakllana boshlaganini ifoda etadi. Xavfsizlik endilikda faqat tahdidlarga qarshi
kurash emas, balki ishonch, muloqot va javobgarlik tizimi sifatida talqin etilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari pragmatiklikdan missiyaga, hamkorlikdan daxldorlikka yangi ufqlarni ochib berdi. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining 12-sammiti turkiy xalqlarning
birdamligi, o‘zaro ishonchi va umumiy taraqqiyot sari intilishini yana bir bor namoyon etdi. Bu sammit turkiy davlatlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi va kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdi. 

  

Abduvohid Turdiboyev, 

Xalq deputatlari Chinoz tumani kengashi
deputati.