Bugun Oqdaryo tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli tumanning eng olis hududlaridan hisoblangan Uzunqishloq mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sherzod Qudratov tuman tashkilot rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashining 13-Guliston saylov okrugi deputati G.Safarova hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning aksariyati joyida muhokama etilib, ijobiy hal etish uchun mas’ullarga biriktirildi. Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.