Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston – Vyetnam hamkorligi: yangi imkoniyatlar sari

🔰#munosabat

O‘zbekiston – Vyetnam hamkorligi: yangi imkoniyatlar sari

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🔹Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi mumkin.
🔹Xalqaro hamkorlikning asosiy samarasi, avvalo, xalq farovonligi, hududlar iqtisodiy salohiyati va aholi bandligida namoyon bo‘ladi. Shu bois, bunday uchrashuvlarda ilgari surilayotgan tashabbuslarning amaliy natijalari, jumladan, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish — barqaror iqtisodiy taraqqiyot va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lidagi muhim omildir.

Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt