🔰Yoshlar bandligi — deputatlik nazoratida
➡️Bugun Jondor tumanidagi Favvoralar maydonida “Payshanba — Rahbar va yoshlar” kuni doirasida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Xudoyev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
➡️Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilinib, mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
➡️Deputatlik nazorati doirasida yoshlarning murojaatlari bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechim topishi ham muhim. Shu bois mehnat yarmarkasida ish takliflarini olgan yoshlarning ishga joylashish holatini o‘rganish, bandligi ta’minlanmagan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuzatib borish zarur.
➡️Asosiy maqsad — har bir yoshning bandligini ta’minlash, murojaatlarning ijrosini nazorat qilish va natijadorlikka erishishdir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt