Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BAXMALDA IJTIMOIY SOHADAGI ISHLAR TAHLIL QILINDI

BAXMALDA IJTIMOIY SOHADAGI ISHLAR TAHLIL QILINDI
Baxmal tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Aziz Ergashev hamda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari D.Xudoyshukurov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda mazkur sohalarda olib borilayotgan ishlarni tanqidiy-tahliliy jihatdan baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini yaxshilash kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4