#deputat_nazorati
#kotibiyat_va_tashkilot_hamkorligi
❗️KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda tuman Kengashi deputati Q.Nishonov Bog‘ishamol mahallasida joylashgan 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va obodonlashtirish holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida tashkilot binosining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sovuq kunlarda bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash, muassasada tozalik va tartibni saqlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.