Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 XALQ BILAN MULOQOT — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Qizilolma mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro B. Karimovning murojaati o‘rganildi.

🤝 O‘rganish jarayonida fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, uning murojaati, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha o‘rganish hamda uni hal etish yuzasidan tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

✅ Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va masalalar yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3