#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35
AHOLI MUAMMOLARI KO‘CHALARDA YURGAN HOLDA O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan Bunyodkor MFY hududida aholi bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi.
Ko‘chama-ko‘cha yurish davomida xonadonlar holidan xabar olinib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni qiynayotgan masalalar va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlarning mazmuni o‘rganilib, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar belgilab olindi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlar ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borishga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatning aholi orasida bo‘lishi, fuqarolar dardini tinglashi va ularning murojaatlariga yechim izlash — xalq vakilligi faoliyatining asosiy mazmunidir.