#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
Fuqaro muammosi tinglandi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirayotgan muammo va takliflarini bayon etib, mavjud ehtiyojlar haqida ma’lumot berdilar. Har bir murojaat alohida tinglanib, masalalarni hal etishning tegishli tartiblari bo‘yicha fuqarolarga tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Deputat tomonidan aholi bilan muntazam muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Murojaat ortida inson taqdiri, muammo ortida esa yechim kutayotgan oila turadi. Shu bois har bir murojaat — e’tiborda.