#kunlik_ish_reja_ijrosi
21-sonli maktabning isitish tizimi — deputatlik nazoratida
Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun qish mavsumida qulay, xavfsiz va issiq shart-sharoitlar yaratish, maktablarning kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 23-“Tallashqon” saylov okrugi deputati X.Xolmurodov tomonidan 21-sonli umumta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur o‘rganish Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.
Xususan, 11-band — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimi holatini o‘rganish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.