Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Doimiy_komissiya_qarori
янв.21
#Sessiya_kun_tartibi Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan tuman prokuraturasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#Deputat_so‘rovi #Aholi_murojaati #Maktabgacha_va_maktab_ta_limi #Yoshlar_va_Sport
янв.21
#Doimiy_komissiya_qarori
янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #savolnoma_asosida #Deputat_nazorati
янв.21
#deputat_va_hokimi_o‘rinbosari_qabul
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
FAYZIOBOD MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA


FAYZIOBOD MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri,8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanovaning kunlik ish rejasiga muvofiq, Fayziobod mahallasida mahalla hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholiga ko‘maklashish borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, xonadonbay o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni hal etish, aholi daromadlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1