Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 OLTINSOYDA DOIMIY KOMISSIYA, EKSPERT VA YOSHLAR MASLAHAT GURUHLARINING QO‘SHMA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
Oltinsoyda uchta mahallani bog‘lovchi yo‘lni asfaltlash bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
#doimiykomissiya 188-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman hududidagi 188-sonli umumta’lim maktabida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil I mavsumi doirasida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining holati o‘rganildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-264-son qarori hamda XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 2026-yil 2-apreldagi "Chilonzor tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 1-mavsumida “G‘olib” deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida"gi III-19-22-14-204-K/26 son qaroriga asosan, tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning I mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar qatorida amalga oshirilgan.

Loyiha doirasida maktab binolarining moddiy-texnik holatini yaxshilash, ta’mirtalab qismlarini yangilash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish nazarda tutilgan:

Doimiy komissiya raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan 188-SONLI MAKTABDA :

▪️ maktab asosiy binosining 1–4-qavatlaridagi yo‘laklar pol qismi ta’mirlanishi

▪️ sinf xonalari eshiklarini almashtirish va zarur jihozlash ishlarini amalga oshirilganligi

▪️ asosiy bino devorlari ta’mirlanishi

▪️ ikkinchi binoning ichki va tashqi qismlarining ta’mirlanishi

maktabning sport zalidagi pol qismi ta’mirlangani hamda loyiha doirasida zarur ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirilgani doimiy komissiya tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — “Tashabbusli byudjet” doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilgan ishlarning belgilangan vazifalarga muvofiqligi hamda ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlarni deputatlik nazorati doirasida o‘rganishdan iborat.

Deputatlik nazorati — aholi tashabbuslari ijrosi va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan jamoatchilik manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim mexanizmdir.

Slide 1 of 5