Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 OLTINSOYDA DOIMIY KOMISSIYA, EKSPERT VA YOSHLAR MASLAHAT GURUHLARINING QO‘SHMA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
Oltinsoyda uchta mahallani bog‘lovchi yo‘lni asfaltlash bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Fuqarolarga davlat xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish mahalliy Kengashlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida 9-Vatan saylov okrugi hududidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi N.Akbarova hamda Kengash huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi D.Qodirova ishtirok etdi.

Bo‘lim mudirasi D.Nuriddinova taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda FHDYO bo‘limida 5 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida 1 393 nafar fuqaroga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilgan, shu davrda 301 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ–547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur Qonun fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, ulardan foydalanish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Shu nuqtayi nazardan, FHDYO organlarida fuqarolarga tegishli ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, ulardan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish, ruxsatsiz oshkor etilishining oldini olish hamda ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha belgilangan talablariga rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish davomida yosh oilalarni mustahkamlash, nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan ma’rifiy mashg‘ulotlar masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Ma’lum bo‘lishicha, FHDYO bo‘limi hamda shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida har hafta seshanba kuni nikohlanuvchi yoshlar uchun oila va turmushga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelingan. Biroq so‘nggi oylarda ushbu mashg‘ulotlar to‘xtab qolgani qayd etildi.

Bu holat yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda oila muqaddasligi, o‘zaro hurmat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini uzluksiz tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi. Shu bois mazkur mashg‘ulotlarni qayta yo‘lga qo‘yish va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, aniqlangan masalalarga e’tibor qaratish hamda tegishli yo‘nalishlarda ishlar samaradorligini ta’minlashdan iborat.

Hududlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish holati va qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 7