#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib, hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildilar.
✅Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda Hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oshirish borasida tuman Kengashi mas’ullari tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.
✅Monitoring jarayonida ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allik darajasini qisqartirish hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Yakunda mahallada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.