FUQARONING MUROJAATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan “Yangi davr” mahallasi Yoshlar ko‘chasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro O.N. bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqaroning 3 nafar farzandi borligi, katta farzandi oliy ta’lim muassasasiga joriy yilda qabul qilinganligi hamda ta’lim krediti olish jarayonida ayrim muammolarga duch kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Fuqaro mazkur masalada amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalani qonuniy tartibda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.