🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Zangi” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
❄️O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarning muammolari, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va barqaror daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❄️Har bir oilaning holatidan kelib chiqib, muammolarni manzilli hal etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
❄️Zero, kambag‘allikni qisqartirish — faqat moddiy ko‘mak emas, balki oilalarga o‘z mehnati va salohiyati bilan farovon hayot qurish imkoniyatini yaratishdir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt