#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati tahlil qilindi
Bandixon tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozordagi narx-navolar mo‘tadilligini saqlash hamda aholiga taklif etilayotgan mahsulotlar sifatini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari I.Xalmatov, N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar savdo shoxobchalari va rastalarda bo‘ldilar. Mazkur nazorat tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 3-bandi ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Monitoring davomida go‘sht, sut, sabzavot va boshqa birinchi ehtiyoj mahsulotlarining narxi, zahira hajmi hamda sanitariya talablariga mosligi ko‘zdan kechirildi.
Xaridorlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda narxlarning adolatliligi o‘rganilib, narxni asossiz oshirish holatlarining oldini olish yuzasidan sotuvchi va mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.