📌 11-SON DMTT FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova o‘z saylov hududidagi 11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔹 tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;
🔹 ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi;
🔹 bolalarning ovqatlanishi va xavfsizligi;
🔹 sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;
🔹 pedagog xodimlar faoliyati va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.
🎯 MAQSAD:
Maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga ko‘maklashish.
📖 HUQUQIY ASOS:
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr.