Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova Qumyop mahallasi “yettiligi” bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlarda xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordilar.
🔹 O‘rganish davomida oilalarning ijtimoiy va moddiy sharoiti;
🔹 mavjud muammo va ehtiyojlari;
🔹 ijtimoiy yordam va ko‘makka bo‘lgan talablari o‘rganildi.
📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🎯 Maqsad: ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini xonadonbay aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish.