Yig‘ilishda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratish masalasi dastlabki tarzda atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokama jarayonida tegishli ma’lumotlar tahlil qilinib, mablag‘larning maqsadli, samarali va aholining dolzarb ehtiyojlariga yo‘naltirilishi yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirildi.
Masala yuzasidan bildirilgan takliflar umumlashtirilib, belgilangan tartibda Kengash muhokamasiga kiritish uchun tegishli xulosa tayyorlanadi.
Mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.