Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

1-sonli maktab faoliyati o‘rganildi

1-sonli maktab faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari X. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, Kengash Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati 

Sh. Sadikov ishtirokida Namangan shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, hududning obodonlashtirilishi hamda o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati va mas’ullar bilan muloqot davomida ta’lim muassasasining mavjud imkoniyatlari, dolzarb masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib va xavfsiz muhit yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4