Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalladagi muammolar o‘rganildi

Mahalladagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, viloyat Kengashi deputati I. Atabayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan mahalla hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan joyiga chiqildi.

O‘rganish davomida hududdagi yo‘l va infratuzilma holati, obodonlashtirish, hududni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etishning amaliy yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida hududda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar belgilab olindi.

Slide 1 of 2