Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Baby Life" xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

"Baby Life" xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bolalarga sifatli ta'lim va tarbiya berish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isaqov tomonidan "Baby Life" xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari, oshxona, yotoqxona, o‘yin maydonchalari, sanitariya-gigiyena holati, moddiy-texnik ta'minot hamda ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasaning bino va inshootlari holati, hududni obodonlashtirish ishlari, yong‘in va texnika xavfsizligi talablari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi hamda bolalar uchun yaratilgan xavfsiz muhit yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, amaldagi sanitariya va xavfsizlik talablari ijrosini to‘liq ta'minlash hamda bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, ularda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ko‘rsatilayotgan ta'lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7