Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#_munosabat

🔰#munosabat

📈 Markaziy Osiyo iqtisodiyotidagi ijobiy o‘zgarishlar – yangi imkoniyatlar omili

➡️Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining so‘nggi besh yildagi o‘sish sur’atlari mintaqada iqtisodiy faollik kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. 2021–2025-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘rtacha real o‘sishi 7 foizni tashkil etib, mamlakatning mintaqa yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 24,6 foizdan 27,1 foizga oshgan.
➡️Ayniqsa, xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi ulushi 38,7 foizdan 46,5 foizgacha oshgani mamlakatimizda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlari izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
➡️Deputat sifatida, bu ko‘rsatkichlarni hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish va aholi farovonligini oshirish bilan uyg‘unlashtirish muhim, deb hisoblayman.
➡️Markaziy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish – hamkorlik, investitsiya va yangi imkoniyatlar uchun mustahkam zamin.

G‘ani Hamroyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt