Namangan viloyati Bolalar ftiziatriya sihatgohi hududi o‘rganildi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan Namangan viloyati Bolalar ftiziatriya sihatgohi hududi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasa hududining obodonlashtirilganlik holati, bino va inshootlarning saqlanishi, sanitariya-gigiyena talablari, hududdagi yashil maydonlar, ichki yo‘laklar hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va infratuzilmani yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga hududni tartibli saqlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.