Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxromov hamda deputat F.Ibragimov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh metodisti Z.Mahmudovaning faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish belgilangan so‘rovnoma asosida tashkil etilib, unda tumandagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 O‘rganish davomida, jumladan:
🔹 tumanda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni va ularning faoliyat holati;
🔹 maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalarni qamrab olish darajasi va mavjud ehtiyojlar;
🔹 tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza va zarur jihozlar bilan ta’minlanganlik holati;
🔹 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi;
🔹 pedagog va tarbiyachilarning faoliyati, kadrlar bilan ta’minlanganlik hamda mutaxassislarning malakasini oshirish masalalari;
🔹 davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik va ular faoliyatini muvofiqlashtirish holati;
🔹 mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib chiqildi.
📊 Shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, ota-onalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tahlil qilinib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga yuzasida manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
🤝 Deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi bunday hamkorlik hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.