FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari va muammolari tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar bo‘yicha masalalar tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganilib, joyida ijobiy yechim topildi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.