Muammo o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Z. Rahimova Bog‘zor mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi I. Xolmaturova bilan hamkorlikda Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi, Vatanparvar ko‘chasida yashovchi fuqaro Sultоnova Donoxonning oilaviy va ijtimoiy sharoitini o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilaning mavjud muammolari va ehtiyojlari tahlil qilinib, ularni hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish hamda aholining manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.