📌 34-SESSIYA: KUN TARTIBIDAGI 9-MASALA
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi davomida kun tartibidagi 9-masala — “Tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan” tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Bobomurodov Ravshan Xosilmurodovichning hisoboti eshitilmoqda.
Hisobotda tumandagi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilmoqda.