Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumandagi 11-sonli oilaviy poliklinikaning “Barraj” mahallasida joylashgan filialida bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanganlik holati hamda mavjud dori vositalari zaxirasi o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga belgilangan tartibda bepul taqdim etiladigan dori vositalari ro‘yxati, ularning mavjudligi va zaxira holati, shuningdek, dori vositalarini saqlash, hisobini yuritish va aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔻Shifokor va hamshiralar bilan suhbat o‘tkazilib, hudud aholisi orasida eng ko‘p uchrayotgan kasallik turlari, ularning oldini olish, erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, aholi salomatligini muntazam nazorat qilish, fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va kasalliklarning asoratlarini oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining kundalik faoliyatida uchrayotgan tashkiliy va amaliy masalalar, aholi murojaatlari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonidagi ehtiyojlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3