Saroy MFY hududidagi ko‘prikni ta’mirlash ishlari deputat nazoratda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov Usmat va Sangzor yo‘lini bog‘lovchi ko‘prikda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
O’rganish davomida tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga qarashli mahalliy ahamiyatdagi 25V 019-sonli “O‘smat q. — Sangzor q. — Kaltay q.” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Avtomobil yo‘lining Saroy MFY hududidan o‘tuvchi ko‘prikni ta’mirlash ishlari Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish dasturi doirasida “O‘zYo‘lKo‘prik” klasteri Jizzax filiali tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yo‘l infratuzilmasining texnik holatini yaxshilash, ko‘prikning mustahkamligini ta’minlash hamda transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.