Temirqadam mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati tahlil qilindi
Temirqadam mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida profilaktik tadbirlarning samaradorligi, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Mazkur nazorat-tahlil ishlari tuman Kengashi deputati J. Raxmanova tomonidan olib borildi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha jinoyatchilikning oldini olish va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.