Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌱 Yoshlar — mahalla kelajagi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘rayev hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari K.Ortiqboyev va B.Xabibullayev “Oqtepa” mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash masalalari atroflicha o‘rganildi.

💬 Yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va amaliy yechimlar topish yuzasidan fikr almashildi.

✨ Yoshlar bilan muloqot — muammoga yechim, tashabbusga imkon, kelajakka ishonch demakdir!

Slide 1 of 3