Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik_nazorati #murojaat_daftari
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
Joriy yilning 6 oktabr kuni viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN “TABIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, №754-XII ijrosi va mazmun-mohiyati o‘rganildi.

Komissiya tomonidan mazkur qonunda belgilangan tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid asosiy talablar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ekologik holat, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, obodonlashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Doimiy komissiya tomonidan mas’ul tashkilotlarning qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va ekologik xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha Doimiy komissiyaning nazorat va tavsiya berish faoliyatini davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 2