Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Mahalla_xavfsizligi #Huquqbuzarliklar_profilaktikasi
янв.21
EKSPERT VA YOSHLAR MASLAHAT GURUHLARINING QO‘SHMA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#deputat_vazifalaridan
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#Festival_tayyorgarligi #Enoturizm_va_Milliy_taomlar #Oltinsoy_2026
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #Qonunlar_ijrosi #Deputatlik_nazorati
янв.21
#deputat_vazifalaridan
Hududda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Hududda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 3-Yangi qurilish okrugi deputati Z. Sapaev tomonidan “Chaman” mahalla fuqarolar yig‘inida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimining amaldagi holati, xizmat ko‘rsatish sifati, maxsus texnikalarning yetarliligi hamda belgilangan jadval asosida ishlash darajasi tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar, mavjud muammo va kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish, sanitariya holatini yaxshilash hamda xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, nazorat kuchaytirilishi belgilandi. 

Slide 1 of 3