Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌎XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Aholi_murojaati #Biriktirilgan_tashkilot #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurash #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #DeputatNazorati
янв.21
KEKSALARI E’ZOZLANGAN YURTNING KELAJAGI BUYUKDIR
янв.21
#24_ta_masala #Kengash_raisi #Hokim_o‘rinbosarlari
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Ipoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida jamoat hojatxonasi quriladimi?
янв.21
MUSTAQILLIK — TARAQQIYOT, BUNYODKORLIK VA KELAJAKKA ISHONCH TIMSOLI
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev tomonidan Do‘stlik MFYda yashovchi Jumayeva Shahodat Baxtiyorovnaning xonadoniga borilib, mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning amaliy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroga mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan qanday xizmatlar ko‘rsatilayotgani, uning ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganilgani, zarur ko‘mak va xizmatlar bilan ta’minlanishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash borasidagi ishlarning amalda qay darajada tashkil etilayotgani yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Mazkur o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida amalga oshirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.