Yangiliklar

Musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi

 Bugun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Urganch shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati B.Djumaniyozov shahardagi 3-son "Bolalar musiqa va sanat" maktabining holatini o‘rgandi. O‘tkazilgan o‘rganish davomida maktab binosining bugungi holati, moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilarga ta’lim berayotgan pedagoglarning mutaxassisligi to‘g‘ri tanlanganligi, o‘quv jarayonida foydalanilayotgan darsliklar va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlar olindi. Muassasa faoliyatini yaxshilash maqsadida bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1