Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATNING UYCHI TUMANIDAGI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA

DEPUTATNING UYCHI TUMANIDAGI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Narimon Dehqonov tomonidan Uychi tumanida o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 Bugun deputat tomonidan tumandagi Toshloq va Jiydakapa mahallalarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning oldida turgan muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

🎯 O‘rganishlar davomida:

yoshlarni sport, madaniyat va san’atga jalb etish imkoniyatlari,

mahallalardagi bo‘sh turgan bino va inshootlar holati,

barqaror daromadga ega bo‘lmagan, biroq norasmiy band bo‘lgan yoshlarning rejalari atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Ushbu yo‘nalishda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 5