#deputat_faoliyati #24_ta_tavsiya #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
«Zarobod» mahallasida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputati D. Rajabova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K. Muhammadiyevning saylov okrugidagi «Zarobod» mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli bilan birgalikda Ijtimoiy reestrga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tikuvchilik sexida xotin-qizlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tikuvchilik yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, Ijtimoiy reestrga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash ishlarini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram