Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

🔰SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

🇺🇿Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L. Ergasheva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z. Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Navgadi” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Ochiq muloqot davomida mahalla aholisi bilan hududdagi mavjud muammolar, ularni qiynayotgan masalalar hamda fuqarolarning taklif va tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
🔹Shuningdek, aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, bandligini ta’minlash va mahallada mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etishda deputatlik nazoratining ahamiyati qayd etildi.
🔹Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganish, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.
🔹Bunday uchrashuvlar saylovchilar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish va hududdagi dolzarb masalalarni manzilli hal etishga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 6