O‘rganish davomida mazkur yo‘lda avtomobillar harakati yuqori ekani, ayniqsa, maktab o‘quvchilari va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaxshilash zarurligiga e’tibor qaratildi.
Piyodalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, avtomobil yo‘lini kesib o‘tishda ehtiyotkor bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar o‘tish joyi chizig‘ini belgilash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish taklifi bildirildi.