Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Beshkapa” mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

“Beshkapa” mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari tumani Kengashining 13-Mustaqillikning 22 yilligi saylov okrugi deputati U.Jovunovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva Beshkapa mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini o‘rgandi.

Nazorat-tahlil tadbiri “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–116-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. O‘rganish jarayonida mahalla faollarining aholi bilan ishlashi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahalla faoliyatining samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusida tegishli idoralar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.